MedSwiss tibbiy markazlari tarmog‘ida xorijiy fuqarolarni Covid-19 koronavirusiga qarshi emlash olib borilmoqda.

Emlash uchun faqat pasport kerak (shaxsiy hisobining sug‘urta raqami kerak emas)!

Emlashda “Sputnik lite” vaksinasidan foydalaniladi. +7 (812) 318-03-03 telefon raqami bo‘yicha oldindan yozilsa bo‘ladi.

Emlashdan so‘ng xorijiy fuqarolarga emlash varaqasi / sertifikat beriladi (qr-kodi berilmaydi).

  1. COVID-19 bilan kasallanmaganlar va oldin emlanmaganlar vaksinatsiya qilinadi.
  2. Qayta emlash kasal bo‘lib o‘tgandan 6 oy keyin yoki COVID-19* yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng 6 oy o‘tgach o‘tkaziladi.

“Sputnik Lite” bilan vaksinatsiya bir bosqichda o‘tadi (vosita bir marta yuboriladi).

Emlash muolajasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Davolovchi-shifokor ko‘rigidan o‘tish
  • Vositani yuborish
  • Tibbiyot markazida mizojni yarim soat kuzatish

Davolovchi-shifokor quyidagilarni o‘tkazadi:

  • Epidemiologik anamnez yig‘adi
  • Tana haroraratini o‘lchaydi
  • Qon bosimini tekshiradi
  • Saturatsiyani o‘lchaydi
  • Halqumni ko‘zdan kechiradi
  • Аuskultatsiyani tekshiradi

Olgan ma’lumotlari asosida davolovchi-shifokor vaksinatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. Shifokor Sizga vaksinatsiyadan ehtimoli bo‘lgan ta’sirlanishlar haqida aytadi.

Vaksinatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar:

  • vaksina tarkibidagi biror qismga yoki tarkibida shu xildagi qismlar bo‘lgan vaksinaga yuqori darajada ta’sirchanlik;
  • anamnezda og‘ir allergik ta’sirlanishlar;
  • o‘tkir yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, surunkali kasalliklar xuruji – vaksinatsiyani sog‘aygandan yoki remissiyadan keyin 2-4 hafta o‘tib   o‘tkaziladi. Uncha og‘ir bo‘lmagan O‘RVI, oshqozon-ichak trakti o‘tkir yuqumli kasalliklarida harorat mo‘tadillashgandan so‘ng vaksinatsiya qilinadi;
  • homiladorlik;
  • ko‘krak suti bilan emizish davrida;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (samarali yoki xavfsizligi haqida ma’lumotlar yo‘qligi sababli).

Keksa yoshdagi mijozlarga qo‘llash.

18 dan 60 yoshgacha bo‘lgan kattalarga qo‘llash tavsiya etilgan.

* Shuni e’tiborda tutish zarurki, xalqaro rossiya tadqiqotlariga ko‘ra yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasal bo‘lib o‘tganlarda va/yoki yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlarda barqaror immunitet o‘rtacha 6 oygacha saqlanib, 9-12 oyga borib yo‘qoladi.

Vaksina haqida qo‘shimcha ma’lumot.

Xorijliklarni koronavirusga qarshi emlash “Sputnik Lite” vaksinasi vositaning ikkinchi dozasini yuborishni talab qilmaydigan rossiya vektorli vaksinasi “Sputnik V”ning yengillashtirilgan muqobili bilan amalga oshiriladi. Vaksina N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazida ishlab chiqilgan. Koronavirusga qarshi “Sputnik Lite” vaksinasi Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomondan 2021-yil 29-martda qayd etilgan.

Vaksina inson uchun patogen bo‘lgan SARS-CoV-2 qo‘llanilmaydogan biotexnologik yo‘l bilan olingan. Vosita tarkibiga SARS-CoV-2 virusi – S oqsili genini tashuvchi 26 serotip inson adenovirusi asosidagi rekombinat adenovirus vektori kiradi.

Oldindan yozilish +7 (812) 318-03-03 telefon oraqli.

Добавить отзыв

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Найти на карте

Позвонить

Записаться к врачу